date
views 289

FIDE reytingi yangilandi. O‘zbek shaxmatchilari nechanchi o‘rinda?

FIDE reytingi yangilandi. O‘zbek shaxmatchilari nechanchi o‘rinda?
Jahon shaxmat federatsiyasi may oyi yakunlangach, o‘z reytingini yangiladi. Ushbu yangilangan jahon reytingida kuchli 100 likdan 4 nafar o‘zbekistonlik grossmeyster o‘rin oldi.

Foto: FIDE
Reytingda Nodirbek Abdusattorov 5-o‘rinda qayd etildi. U avvalgi oydagi o‘rnini saqlab qoldi. Javohir Sindorov 60-o‘ringa tushib ketdi. U may oyi uchun qayd etilgan reytingda 50-o‘rinda edi. Bundan tashqari, eng kuchli shaxmatchilar reytingida Rustam Qosimjonov (43-o‘rin) ham o‘rin olgan. Avvalgi oyda 72-o‘rinda qayd etilgan Nodirbek Yakubboyev kuchli 100 likni tark etgan.

Nodirbek yoshlar o‘rtasidagi rasmiy reytingda 1-o‘rinda qayd etilgan. Yana bir hamyurtimiz Javohir Sindorov 6-o‘rinni egallab turibdi. U may oyida 8-o‘rinda qayd etilgan edi.

Foto: FIDE
Ma’lumot uchun, Polsha poytaxti Varshava shahrida bo‘lib o‘tgan Superbet Poland 2024 turniri yakunlandi. Unda o‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etib, musobaqani 6-o‘rinda yakunladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIDE reytingi yangilandi. O‘zbek shaxmatchilari nechanchi o‘rinda?