
UFC rahbari Dana Uayt bugun kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgan Islom Maxachevning keyingi raqibi kim bo‘lishini aytdi.
Unga ko‘ra, yengil vaznda (70 kg) tashkilot chempioni Islom Maxachev keyingi jangini Arman Sarukyanga qarshi o‘tkazadi.
«Islomning navbatdagi jangi katta ehtimol bilan Arman Sarukyanga qarshi bo‘lib o‘tadi. Lekin biz unga yarimo‘rta vazn (77 kg) toifasida chempionlik kamarini qo‘lga kiritish orzusiga ham cheklov qo‘ymaymiz», — dedi Uayt turnirdan keyingi matbuot anjumanida.
UFC yarimo‘rta vazn toifasida Leon Edvards chempion hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, UFC 302 turnirining markaziy jangida Maxachev amerikalik Poreni beshinchi raundda bo‘g‘ish usuli bilan mag‘lubiyatga uchratdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar