date
views 206

Donald Tramp uchun barcha davrlarning eng zo‘r jangchisi kim?

Donald Tramp uchun barcha davrlarning eng zo‘r jangchisi kim?
Amerikalik MMA menejeri Ali Abdul-Aziz UFC 302 turnirida AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp hamda UFC sobiq jangchisi Xabib Nurmagomedov bilan uchrashuvi haqida gapirdi.

Bugun men prezident Trampni Xabib bilan yana bir bor ko‘rishdan xursand bo‘ldim. Donald Xabibga o‘zining barcha davrlardagi eng sevimli jangchisi ekanligini aytdi”, — deb yozdi Abdul-Aziz ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, turnirning asosiy jangi yengil vazn toifasida amaldagi chempion, rossiyalik Islom Maxachev va amerikalik Dastin Pore o‘rtasida bo‘ldi. Islom Maxachev o‘z unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi. Jang besh raund davom etdi va oxirgi raundda Islom raqibini bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lubiyatga uchratdi.

Islom uchun bu yengil vazn toifasida (70 kg gacha) uchinchi himoya bo‘ldi. Maxachev hozircha chempionlik unvonini himoya qilish bo‘yicha Xabib Nurmagomedov bilan tenglashib turibdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Donald Tramp uchun barcha davrlarning eng zo‘r jangchisi kim?