22:00 / 05.06.2024
180

Turkmaniston ustozi Mergen Orazov: "Ertaga himoyada tartibli harakat qilgan holda vaziyatlardan foydalanishimiz kerak"

Turkmaniston ustozi Mergen Orazov: "Ertaga himoyada tartibli harakat qilgan holda vaziyatlardan foydalanishimiz kerak"
JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Turkmaniston uchrashuvidan avval matbuot anjumani tashkil qilindi. Unda dastlab mehmonlar ustozi Mergen Orazov va futbolchi Arslanmirad Amanov ishtirok etdi.

Mergen Orazov: "Assalomu alaykum. Birinchi o‘rinda O‘FAga iliq kutib olishgani uchun rahmat aytaman. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. CAFA va o‘tgan o‘yinlarda O‘zbekistonga qarshi qanday o‘ynay olishimizni ko‘rsatdik. O‘zbekiston kuchli terma jamoa. Tarkibida yuqori saviyadagi ijrochilar bor. Biz himoyada yaxshi harakat qilishimiz va vaziyatlardan foydalanishimiz kerak".

Arslanmirad Amanov: "O‘zbekiston terma jamoasi kuchli raqib, guruh favoriti. Biz qo‘limizni tushirmoqchi emasmiz. Ertaga chiroyli o‘yin ko‘rsatishga, nafaqat himoyada, balki paslar orqali o‘yinni tashkil qilishimiz zarur".

Mergen Orazov: - Nima uchun Antaliyada yig‘in o‘tkazdik? Birinchi o‘rinda u yerda yaxshi sharoitlar bor. Oldindagi o‘yinlarga optimal tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Ikkinchidan Turkiyadan Toshkentga kelish qulay. Endi O‘zbekistonga qarshi birinchi va ikkinchi bo‘limdagi o‘yinlarimizga kelsak, haqiqatdan ham uchrashuvning dastlabki qismida kuchli tomonlarimizni ko‘rsata oldik. Ikkinchi bo‘limda diqqatni yo‘qotyapmiz. Bu jismoniy tayyorgarlik bilan bog‘liq, yigitlar charchoq alomatida ko‘proq xatoga yo‘l qo‘yishmoqda.

Bu ko‘p faktorlarga bog‘liq. Tahlil qilamiz. Futbolchilar chempionat bahslarida katta bosim olishmayapti. Ikkinchidan tajriba yetishmayapti. Taktik jihatdan har bir yig‘inda, o‘yinda qo‘shib borishga harakat qilyapmiz. O‘zbekistonga qarshi Toshkentdagi bahsda taktik taraflama ideal o‘yin ko‘rsatgandik. Raqibda vaziyatlar ko‘p yuzaga kelmagandi. Ikkinchi bo‘limda qarshi hujumda gol urishimiz mumkin edi. Ishlashda davom etamiz.

O‘zbekiston terma jamoasining kuchsiz jihatlari haqida gapirish qiyin. Ular so‘nggi 5 yillikda kuchayishga erishdi. Ko‘p futbolchilari xorijda to‘p tepmoqda. Murabbiy yaxshi saviyada. Faqat pressingda aktiv emasligini aytishim mumkin. O‘zbekiston xatolardan tezda foydalanadi va vaziyatlar yaratadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Turkmaniston ustozi Mergen Orazov: "Ertaga himoyada tartibli harakat qilgan holda vaziyatlardan foydalanishimiz kerak"