Boks. Shukurjon Rahimov qozog‘istonlik raqibini nokautga uchratib g‘alaba qozondi

Boks. Shukurjon Rahimov qozog‘istonlik raqibini nokautga uchratib g‘alaba qozondi
Hamyurtimiz Shukurjon Rahimov Toshkentda o‘tgan professional boks oqshomida qozog‘istonlik bokschi Bagdat Vaidayevga (5-1, 1 KO) qarshi ringga ko‘tarildi.

Oqshomning asosiy bahsida jang olti raundga mo‘ljallangan edi, biroq qozog‘istonlik jangni davom ettira olmagani va uchinchi raundga chiqa olmagani uchun jang to‘liq davom etmadi. Natijada Rahimov texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Shu tariqa Bagdat Vaydayev professional faoliyatidagi ikkinchi, Shukurjon Rahimov esa oltinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar