212
Srechko Katanes: "Jahon chempionati saralash o‘yinlarida rotatsiyaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi"
JCH-2026 saralash bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston - Turkmaniston (3:1) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Srechko Katanes matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- O‘yin haqida...
- Futbolchilarni g‘alaba bilan tabriklayman. Birinchi taymda ko‘plab imkoniyatlar bo‘ldi, ammo unumli foydalana olmadik, ikkinchi bo‘limda esa raqibga bosimni davom ettirdik va kerakli natijaga erishdik. Hozirgi kunda barcha terma jamoalar bizni hurmat qilishadi. Umid qilamanki, sentyabr oyida ham futbolchilar shunday yaxshi formada bo‘lishadi.
- Tanaffusda shogirdlaringizga nimalar dedingiz?
- Turkmaniston doim to‘rt himoyachi bilan o‘ynab kelardi, bugun esa besh himoyachi bilan o‘ynadi. Shu bois, ikkinchi taymda to‘rt himoyachi bilan o‘ynashga qaror qildik. Har bir o‘yindan o‘zimizga yangi narsa o‘rganamiz, bugun Husniddin Aliqulovni o‘ng qanotda o‘ynatib ko‘rdik va u bizni hayron qoldirdi. Ayniqsa, uchinchi golda uning uzatmasi yaxshi chiqdi.
- Birinchi taymda Oston O‘runov juda qulay imkoniyatda Shomurodovga to‘pni oshirmadi. O‘sha vaziyat uchun O‘runovga nimadir dedingizmi?
- Yo‘q, hech narsa deganim yo‘q. Sababi, dunyo darajasidagi top futbolchilarda ham bunday holat uchrab turadi.
- Terma jamoaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 14 taga yetgani bilan tabriklayman. Kambeklar bo‘yicha ham ajoyib natija qayd etildi. Siz kelganingizda, terma jamoada ikkita muammo bor edi: markaziy himoyadagi muammo hal etildi. Ammo ayni paytda Abduvohid Ne’matov ajoyib formada, O‘tkir Yusupov Qatardagi Osiyo kubogida 5 ta o‘yindan 4 tasida xato qildi. Balki Ne’matovga imkoniyat berarsiz?
- Dunyoning eng kuchli darvozabonlari ham xato qiladi. Terma jamoa darvozabonlar murabbiyi tavsiyasiga ko‘ra, Yusupovni maydonga tushiramiz. Hujumchilar ham gol ura olmaydi, ammo darvozabon gol o‘tkazsa, hammaga ko‘rinadi.
- Penaltilar seriyasi o‘zbek futbolining muammosi hisoblanadi. Shu kamchilikni ham to‘g‘rilasa bo‘ladimi?
- Penaltini mashg‘ulotda tepish juda oson, o‘yin paytida esa bosim butkul boshqacha bo‘ladi. Mashg‘ulotda 50 ming tomoshabin hamda kameralar bo‘lmaydi. O‘yin paytida esa bosim va qo‘rquv bo‘ladi, hatto Messi ham ko‘plab penaltidan gol ura olmagan. U-23 Osiyo kubogi finalini TV orqali tomosha qildim, bizning futbolchi penaltidan gol ura olmadi. Bunday holat uchrab turadi. Negadir Superligada ham penaltilarni legionerlar tepishmoqda: "Navbahor"da nimagadir Iskanderov emas, Tabatadze, "Paxtakor"da esa Cheran va hokazo. Terma jamoada mashg‘ulot o‘tkazish uchun ikki kungina vaqt bo‘ldi, shundan bir kunini penaltilarga bag‘ishlasak, menimcha, noto‘g‘ri bo‘ladi.
- Barchamiz Turkmaniston kuchli terma jamoa emasligini bilamiz, bugun tarkibda rotatsiya qilsangiz bo‘lmasmidi?
- Jahon chempionati saralash o‘yinlarida rotatsiyaga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Gonkong va Eron o‘rtasidagi o‘yinni ko‘rdingizmi? Eron safida Azmun, Taremi kabi yetakchilar maydonga tushishdi. 10 yildan buyon birga o‘ynab kelayotgan futbolchilar o‘ynashdi. Uzoq safarga borib, Gonkongga qarshi uchrashuvda asosiy futbolchilar o‘ynashdi. Fayzullayevdan so‘rab ko‘ring, 23 yoshgacha terma jamoada o‘ynash qanday va MTJda to‘p tepish qandayligini aytadi. Dunyo futbolida ikkinchi taymda maydonga tushgan futbolchilarning natijaga hissasi katta bo‘lmoqda. Bizga Jahon chempionatiga chiqish uchun 10 nafar futbolchi yetmaydi, kamida 17-18 nafar futbolchi kerak.
- Shomurodov terma jamoa sardori, lekin bugun oxirgi 15 daqiqada u charchab qolgandek tuyuldi. Uning o‘rniga, masalan, Azizbek Amonovni maydonga tushirsa bo‘lmasmidi?
- Shomurodovning o‘rniga boshqa futbolchini sinab ko‘rsak bo‘lardi, ammo bosh murabbiy sifatida shunday qarorga keldim. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»