Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Yashnobod tumanidagi “Dilbog‘” mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Mahallada 5 200 nafardan ortiq aholi yashaydi. 26 ta ko‘p qavatli uy, maktab va bog‘chalar, savdo shoxobchalari atrofi obod qilingan.
Mamlakatda har bir mahalla ixtisoslashuvidan kelib chiqib rivojlantirilmoqda. Dilbog‘liklar asosan tadbirkorlik va hunarmandlik bilan shug‘ullanadi. 15 ta savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, bitta ishlab chiqarish korxonasi, ta’lim muassasalarida aholi doimiy ish bilan band.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘tgan yili aholini tadbirkorlikka jalb qilish uchun 13 ta loyihaga kredit ajratilgan. 300 ga yaqin fuqaro yangi ishga joylashtirilgan. Yoshlarni kasbga o‘rgatish uchun monomarkaz tashkil etilgan.
Davlat rahbari mahalladagi qurilish va obodonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Toshkent shahar futbol akademiyasi shu mahallada joylashgan. Zamonaviy majmuada yopiq va ochiq sport maydonlari, nazariy mashg‘ulot xonalari, yotoqxona, oshxona va kutubxona mavjud. Hozir bu yerda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 154 nafar bola saboq olmoqda. Mashg‘ulotlarga chet ellik mutaxassislar ham jalb qilingan. Stadionlar yoritish va tasvirga olish qurilmalari bilan jihozlangan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident akademiya tarbiyalanuvchilari va sport sohasi mas’ullari bilan suhbatlashdi.
"Futbol bo‘yicha qarorlarimiz, iqtidorli bolalarga e’tibor berganimiz tufayli o‘zbek futboli ham jahonga chiqa boshladi. Yevropa jamoalarida legionerlarimiz ko‘payyapti. Yoshlarimiz Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Bu davomiy bo‘lishi uchun endi mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak. Qo‘shimcha stadionlar qurib, uning ommaviyligini qo‘llab-quvvatlash zarur", – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shu mahalladagi suv sporti saroyining ta’miri ham ko‘zdan kechirildi. Uni davlat-xususiy sheriklik asosida barqaror ishlatish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»