23:39 / 07.06.2024
613

O‘zbek futbolchisi ham Yevropa kuchli ligalarida porlashi mumkin!

O‘zbek futbolchisi ham Yevropa kuchli ligalarida porlashi mumkin!
Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi sheriklari – Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov ortidan Yevropaning “Top-5” chempionatlariga yo‘l olishi mumkin bo‘lgan futbolchilarimizdan.

Garchi 20 yoshli hujumkor fubolchimiz o‘ziga Ispaniya futboli mos kelishini ta’kidlasa-da, ayrim manbalar Italiyadan “Parma” va Germaniyadan “Bavariya”ni uni kuzatayotgani haqida axborot tarqatgandi.

Yevropa futbolini tahlil qilib kelayotgan ekspertlar Abbosbek Fayzullayev haqida ham fikr bildirmoqda.

Juzeppe Emanuele Frizone:
Men transfer bozori haqida fikr bildirmoqchiman. “Parma” qiziqayotgan Abbosbek Fayzullayev Markaziy Osiyodan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi pleymeykeri. U 2003 yili tug‘ilgan va juda zo‘r texnikaga ega.

Fayzullayev SSKAdagi mavsumni yuqori darajada o‘tkazdi va Yevropaning bir necha klublarida qiziqish uyg‘otdi. Abbos Rossiyada uzoq qolmaydi.

Transfer bozori talablari o‘zgaruvchan bo‘ladi. Futbol olamida noyob iste’dodlar futboli an’anaviy tarzda yaxshi rivojlangan davlatlardan uzoqlardan ham topiladi. Bunga misol qilib, “Napoli”dagi Xvicha Kvaratsxeliyani, egizak Arveladzelarni ko‘rsatish mumkin. “V” seriyaning bu galgi to‘purari Paxyanpalo ham futboldan uzoq Finlyandiyadan.

Zamonaviy futbolda o‘zbek futbolchisi ham Yevropaning kuchli ligalarida porlashi mumkin. 20 yil oldin O‘zbekistondan Maksim Shatskix chiqqan va Yevropa e’tiborini tortgan edi.

Rokko Azzali:
Transfer oynasi ochilgan va endi kimlar ketib va qaysi o‘yinchilar kelishi haqida fikr yuritish mumkin. Yuqori divizionga chiqqan “Parma”da yo‘qotish bo‘ladi. Maydon markazini ushlab turgan braziliyalik futbolchining “Korintians”ga o‘tishi deyarli aniq.

Bu yarim himoyachi Italiyaga Rossiya chempionatidan, ya’ni Sankt-Peterburgning “Zenit” klubidan kelgan edi. Endi uning o‘rnini to‘ldirish kerak. Parmaliklar mo‘ljallagan “Yuventus”ning universal futbolchisi Fabio Miretti “Bolonya” yoki “Monsa” taklifini qabul qiladigan bo‘lyapti.

Bu pozitsiyaga SSKAda o‘ynayotgan Abbosbek Fayzullayev bor. Agarbu transfer amalga oshsa, kelajakni o‘ylab tashlangan qadam bo‘ladi.

Daniel Uchcheleri:
“Parma” yuqori divizionda munosib qatnashishi uchun transfer bozorini o‘rgana boshladi. Bu orada yangi nom paydo bo‘ldi. Parmaliklar Markaziy Osiyoning eng iqtidorli yosh o‘yinchilaridan biriga e’tibor qaratdi. Bu Abbosbek Fayzullayev.

2003 yilda tug‘ilgan futbolchi texnikasi yaxshi rivojlangan pleymeyker va tezkor hujumchi hisoblanadi. SSKA o‘yinchisi uchrashuvlar davomida golli uzatmalarni ko‘p oshirishi bilan ham ko‘zga tashlanmoqda.

Osiyo qit’asining eng yorqin yosh o‘yinchilaridan bo‘lgan Abbosbek Fayzullayevga “Bavariya” ham qiziqish bildirgan.

Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan yili avgustda SSKA bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolagan. 20 yoshli legionerimizning bugungi kundagi transfer narxi 6 million yevroni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek futbolchisi ham Yevropa kuchli ligalarida porlashi mumkin!