19:34 / 10.06.2024
112

Yevro-2024 oldidan Ro‘ziqul Berdiyev: "Daniya va Avstriya terma jamoalari turnirda kutilmagan natija qayd etadi"

Yevro-2024 oldidan Ro‘ziqul Berdiyev: "Daniya va Avstriya terma jamoalari turnirda kutilmagan natija qayd etadi"
Bir necha kundan so‘ng har to‘rt yillikning nufuzli turnirlaridan biri Yevropa chempionati start oladi. Tabiiyki, musobaqaga bo‘lgan qiziqish avvalgilaridan qolishmayapti. OAV, futbolchilar, muxlislar barcha o‘zgacha tayyorgarlik bilan band.

Biz shu o‘rinda Superliga murabbiylaridan Yevro-2024 turnirida qaysi terma jamoaga muxlislik qilishlari haqida so‘rashda davom etamiz. Bu safar savollarimizga "Nasaf" ustozi Ro‘ziqul Berdiyev javob berdi.

- Yevropa chempionatida kimga muxlislik qilasiz va nima uchun?
- Turkiya va Gruziyaga muxlislik qilaman.

- Bu musobaqada qaysi terma jamoadan kutilmagan natija kutyapsiz?
- Daniya va Avstriya terma jamoalari turnirda kutilmagan natija qayd etadi.

- Birinchi ko‘rgan Yevropa chempionatingiz qaysi bo‘lgan, uni qanday xotirlaysiz?
- 1988 yilgi Yevropa chempionati men ko‘rgan ilk turnir hisoblanadi. SSSR terma jamoasi o‘shanda ajoyib o‘yin ko‘rsatgandi. Finalda Niderlandiya uchligi Van Basten, Rudd Gullit, Frank Raykard shunchaki yorqin taassurot qoldirgan. Total futbol va Van Basten ijrosidagi tarixdagi eng chiroyli gollardan birining urilishi bilan yodimda qolgan.

- Sizningcha, turnir favoriti kim va chempionlik uchun imkoniyat qaysi terma jamoada yuqori?
- Menimcha, Germaniya va Fransiyada imkoniyat ko‘proq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro-2024 oldidan Ro‘ziqul Berdiyev: "Daniya va Avstriya terma jamoalari turnirda kutilmagan natija qayd etadi"