O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Bahodir Ahmedov bo‘lajak mundial oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Tailandda o‘tkazilgan Osiyo kubogi har qachongidan ko‘ra qiyinroq kechdi, desam xato bo‘lmaydi. Avvallari biz qiyinchiliksiz mag‘lub etadigan terma jamoalar ham yetarlicha qarshilik ko‘rsatib, futzal sir-asrorlarini yaxshi o‘zlashtirib olgani barchaga ayon bo‘ldi.
Eron xususida esa, ortiqcha ta’rif berish shart bo‘lmasa kerak. Bu jamoa qanday tarkibda bo‘lmasin har doim kuchli sanalgan. Biz Osiyo chempionatida qatnashish barobarida bir vaqtning o‘zida Jahon chempionatiga ham yangi murabiy qo‘l ostida tayyorgarlik ko‘rib oldik.
Aytganimdek, futzal qit’amizda tobora ommalashib bormoqda. Aksariyat terma jamoalar boshqaruviga Braziliya, Ispaniya va Argentinadan mutaxassislar jalb etilgan. Xorijdan murabbiylarni olib kelishni ijobiy holat sifatida baholayman. Sababi ulardan yangi metodika va taktik uslublarni o‘rganib olish mumkin. Futzal o‘zgarib bormoqda va shu sabab ham turli uslubga ega jamoalarga qarshi uchrashuvlar ulkan foyda beradi.
Ayrim jamoalar mahalliylashtirilgan legioner futzalchilarga ega. Biz esa bor e’tiborimizni o‘zimizning “qora ko‘zlar”ga qaratamiz. Baribir xohlaymizmi, yo‘qmi ularning maqsadi pul ishlash bo‘ladi. Bizning yigitlarda esa Vatan tuyg‘usi hamisha yuqori bo‘lgan. O‘zim futzal o‘ynagan paytlarimda ham bor e’tiborimni bayrog‘imizni baland ko‘tarishga qaratganman. Bizning yutug‘imiz bu o‘z yoshlarimizdir. Oddiy misol, yaqinda tarkibida braziliyalik futzalchilar bo‘lgan Qozog‘istonni yengishni uddaladik. Demak to‘g‘ri yo‘ldamiz, deb ayta olaman.
Bizga yaratib berilgan sharoit va imkoniyatlar a’lo darajada. Buning uchun Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevga, qolaversa, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga tashakkur bildirmoqchiman. Bizdan faqat yaxshi natija ko‘rsatish qoldi. O‘ylaymanki, mundialda xalqimiz, muxlislarimiz oldida yuzimiz yorug‘ bo‘ladi. Bor imkoniyatimizni ishga solamiz". “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»