22:50 / 11.06.2024
312

Eronlik jurnalist: "Eronda O‘zbekiston terma jamoasini qit’a grandlari qatorida ko‘rishadi"

Eronlik jurnalist: "Eronda O‘zbekiston terma jamoasini qit’a grandlari qatorida ko‘rishadi"
JCH-2026 2-saralash bosqichining so‘ngi bahsida terma jamoamiz Eronga qarshi bahs olib boradi. Biz esa Eronning eng mashhur nashrlaridan biri faoliyat olib boruvchi sport jurnalisti Mehdi Mortazavian bilan suhbatlashdik.

- Bugungi uchrashuv haqidagi fikringiz? Guruhdagi birinchi o‘rinni egallashga kim ko‘proq loyiq deb o‘ylaysiz?
- Barchaga salom. Ikki jamoa ham Osiyoda o‘z nomiga ega. Tarkiblar ancha kuchli. O‘zbekiston terma jamoasida tarkibida Oston Urunov, Jaloliddin Masharipov kabi futbolchilar nimalarga qodir ekanligini yaxshi bilaman. Eronda esa Mehdi Taremi, Sardor Azmun, Alirizo Beyronvand va shular kabi kuchli futbolchilar bor. Bugungi uchrashuvda hujum va himoya chiziqlarida tartib o‘yin masalasini hal etsa kerak.

- O‘zbekiston terma jamoasining o‘yinlarini kuzatib borasizmi? Hozirgi tarkibimizga qanday baho berasiz?
- O‘zbekistonlik futbolchilarni butun Osiyoda tanishadi, Eron ham bundan mustasno emas. Tarkibingizda jismoniy jihatdan kuchli futbolchilar borligini bilaman. Hozirgi tarkibingiz qit’adagi barcha jamoalarga bosh og‘riq bo‘la oladi.

- O‘zbekiston va Eron azaliy raqiblar. Biz ham har doim Eronga yutqazganmiz. Eron qaysi jihatlama O‘zbekistondan ustun deb o‘ylaysiz va oradagi farq qanchalik katta?
- O‘yin taraflama ikki jamoa bir-biriga ancha yaqin. Eronda O‘zbekiston terma jamoasini Osiyoning grand jamoasi sifatida ko‘rishadi. O‘zbekistonning mahalliy chempionati haqida katta ma’lumotga ega emasman, ammo terma jamoangizda Shomurodov kabi mashhur legionerlar bor. Bu esa darajaning ko‘rsatadi.

- Qishda bo‘lib o‘tgan Osiyo kubogidagi O‘zbekistonning ishtirokiga qanday baho berasiz? O‘zingiz ham Dohada bo‘ldingiz va barcha o‘yinlarni jonli kuzatdingiz.
- O‘zbekiston terma jamoasi qit’a musobaqasida yaxshi ishtirok etdi, ammo himoya chizig‘i ustida yana ko‘proq mehnat qilishi kerak deb tuyuldi. Hozirgi bosh murabbiy va ushbu tarkib katta salohiyatga ega ekanligini butun Osiyo ko‘rdi.

- Osiyo kubogidan so‘ng Eron terma jamoasida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Bir nechta tajribali futbolchilar terma jamoaga chaqirilmay qo‘ydi. Masalan tajribali futbolchi Ramin Rizoyan terma jamoaga jalb etilmayapti. Bunga sabab nima? Janob G‘alenoi katta o‘zgarishlarga qo‘l urdimi?
- Osiyo kubogida Eronga kerakli natija qayd etilmaganidan so‘ng bosh murabbiyimiz janob G‘alenoi tarkibga yosh futbolchilarni qo‘shishni boshladi. Terma jamoa tarkibiga Amin Hazboviy kabi yosh futbolchilar qo‘shildi. Eronga yangi avlod kerak, ammo siz aytib o‘tgan Rizoyan hali terma jamoaga ko‘p yordam berishi mumkin edi. Amir G‘alenoi jamoani yangilamoqchi va shu sababli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda.

- Osiyo kubogidan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar yetakchi futbolchisi Oston Urunov va Jaloliddin Masharipovlar Eron jamoalariga safiga qo‘shilishdi. Ikki futbolchining Eron chempionatidagi dastlabki mavsumiga qanday baho berasiz?
- Ikki futbolchi bundan avval ham bizga tanish bo‘lgan. Urunov "Persepolis"ning hujumdagi eng muhim futbolchisiga aylandi deya olaman. Masharipov ham zo‘r mavsum o‘tkazdi, ammo uning jamoasi mavsumni yaxshi yakunlay olmadi.

- Eron O‘zbekiston o‘yiniga o‘z taxminingizni bildirib o‘tsangiz? Qaysi jamoa g‘alaba qozonadi va yakuniy hisob qanday ko‘rinish oladi?
- Ikki jamoa uchun qiyin uchrashuv bo‘lishi aniq. Mening fikrimcha, o‘yin natijasini "Ozodiy" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislar soni hal etadi. Agar stadion to‘lsa, Eron terma jamoasining o‘ziga bo‘lgan ishonchi yanada ortishi aniq.

Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eronlik jurnalist: "Eronda O‘zbekiston terma jamoasini qit’a grandlari qatorida ko‘rishadi"