23:58 / 11.06.2024
221

JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston Eron bilan durang qayd etdi

JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston Eron bilan durang qayd etdi
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida 11 iyun, seshanba kuni Eronga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi.

Ikkinchi bo‘limda ham terma jamoalar bir qancha xavfli vaziyatlarni yaratsa-da, darvozalar daxlsizligi saqlanib qoldi. Shu tariqa uchrashuv 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Srechko Katanes jamoasi 6 iyun kuni guruhning 5-turi doirasida Turkmaniston ustidan g‘alaba qozongan edi.

JCH—2026 saralashi
11 iyun, seshanba

Eron – O‘zbekiston 0:0
Eron
: 1. Alirizo Beyranvand, 4. Shojai Halilzoda, 2. Saleh Hardani, 13. Hosseyn Kanani, 5. Milad Muhammadi, 14. Saman G‘oddos, 21. Omid Nurafkan (6. Muhammad Gorbani, 74), 16. Mehdi Torabi, 7. Alirizo Jahonbaxsh, 20. Serdar Azmun, 9. Mehdi Taremi.

O‘zbekiston: 1. O‘tkir Yusupov, 2. Abduqodir Husanov, 4. Farrux Sayfiyev, 5. Rustam Ashurmatov, 7. Otabek Shukurov (6. Diyor Xolmatov, 70), 9. Odil Hamrobekov, 10. Jaloliddin Masharipov (21. Aziz Amonov,70), 11. Oston O‘runov, 13. Sherzod Nasrullayev, 14. Eldor Shomurodov (22. Abbos Fayzullayev, 57), 23. Husniddin Aliqulov.

Ogohlantirish: Abduqodir Husanov (O‘zbekiston) 18, Saleh Hardani (Eron) 89

Shu tariqa, Eron va O‘zbekiston E guruhini 14tadan ochko bilan yakunlab, forslar peshqadam sifatida, vakillarimiz esa 2-o‘rin bilan hal qiluvchi bosqichga yo‘llanma oldi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » JCH—2026 saralashi. O‘zbekiston Eron bilan durang qayd etdi