Foto: Timesnownews
Futbol bo‘yicha JCH—2026 saralashining ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi bahslar bo‘lib o‘tdi. A guruhida keyingi bosqich uchun kurash olib borayotgan Qatar — Hindiston uchrashuvi mezbonlarning g‘alabasi (2:1) bilan yakunlandi.
Uchrashuvning 37-daqiqasida hindistonlik Shangte hisobni ochdi. 73-daqiqada Yusuf Ayman hisobni tenglashtirdi. Qatar futbolchisining bosh bilan zarbasidan so‘ng to‘p maydonni tark etdi va barcha hindistonlik futbolchilar bir muddat to‘xtab qolishdi. Bundan foydalangan qatarlik 5-raqamli futbolchi maydon tashqarisidagi to‘pni qoidaga xilof ravishda maydonga qaytardi va sherigiga uzatdi. To‘pni egallagan 6-raqamli qatarlik futbolchi esa raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Goldan so‘ng barcha hindistonlik futbolchilar yon hakamiga e’tiroz bildirdi, ammo bu noroziliklar qarorning o‘zgarishiga sabab bo‘lmadi.
Uchrashuv so‘nggida yana bir gol o‘tkazib yuborgan Hindiston 5 ochko bilan A guruhida 3-o‘rinni egallab, o‘z yurishini to‘xtatdi.
Ma’lumot uchun, ushbu o‘yinda VAR tizimi ishlamagan.
Qatar jamoasi esa 16 ochko bilan guruh yetakchiligini qo‘lga kiritdi va saralashning uchinchi bosqichiga yo‘l oldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»