O‘zbekiston milliy terma jamoasining eng zo‘r to‘purari va sardori Eldor Shomurodov oldida kelasi mavsum uchun jamoa topish vazifasi ko‘ndalang bo‘lib turibdi.
O‘zbek futbolchisini bir mavsum ijarada o‘ynatgan “Kalyari” rahbariyati legionerimizni to‘liq transfer qilish uchun “Roma”ni 9 million yevrolik badal pulidan chegirma qilishga ko‘ndira olmadi.
Eldor Shomurodovning o‘zi ham shartnomasi bo‘yicha Rim klubiga qaytishini aytdi. Biroq A Seriyani kuzatib borayotgan va tahlil qilayotgan ekspertlar o‘zbek forvardi oldida yangi variantlar paydo bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Shomurodovning “Kalyari” bilan ijara shartnomasi rasman 30 iyun kuni yakunlanadi.
Manbalardan biri – tuttomercatoweb.com saytining yozishicha, 28 yoshli hujumchi iyul oyida “Roma”ga qaytib boradi. Rimliklar bosh murabbiyi Daniele de Rossi hali Shomurodovni shaxsan ko‘rikdan o‘tkazmagan.
Nufuzli nashr – Corriere dello Sport gazetasi eksperti Luka di Leonardo “Roma”da Eldor Shomurodov masalasida yangi variant chiqqanini yozmoqda.
Rim klubi bosh murabbiyi Daniele de Rossi “Kalyari”da debyut mavsumini o‘tkazgan eski shogirdi – Matteo Pratini “Roma”ga olib kelmoqchi. Yakunlangan mavsumda sardiniyaliklar tarkibida 26 ta uchrashuvda bittadan gol va assist qayd etgan markaziy yarim himoyachi ham o‘zi yaxshi bilgan ustozi jamoasiga o‘tish istagini bildirdi.
Matteo Pratti quyi ligada SPAL jamoasi safida aynan Danieele de Rossi qo‘l ostida to‘p tepgan edi.
Prati “Kalyari”ga kelgan paytda uning transfer summasi bir million yevroni tashkil qilardi. Transfermarkt portalining iyun oyi uchun yangilagan so‘nggi reytingida uning narxi o‘n baravar oshib, 10 million yevroga chiqdi.
“Kalyari” 5 million yevroga transfer qilingan futbolchini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Faqat sardiniyaliklar poytaxtliklardan shu summaning uch baravarini talab qilyapti.
“Roma” rahbariyati Joze Mourinodan keyin jamoa o‘yinida ijobiy o‘zgarish qila olgan Daniele de Rossini qo‘llab-quvvatlash maqsadida u istagan o‘yinchilarni olib bermoqchi. Corriere dello Sport gazetasi eksperti Luka di Leonardoning ta’kidlashicha, Matteo Prati uchun so‘ralayotgan summani pasaytirish maqsadida rimliklar “Kalyari” rahbariyatiga Eldor Shomurodovni transferga qo‘shishni taklif qilishi kutilyapti.
Italiya va Yevropaning bir necha nashrlari – Corriere di Roma, Corriere della Sera, Sky Sports kabi manbalar ham bu ma’lumotlarni tasdiqladi.
Manbalarda keltirilishicha, “Kalyari” va “Roma” transferlar masalasida do‘stona aloqalarga ega. Ekspertlar tomonlar o‘zaro til topishi qiyin kechmasligiga ishonch bildirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»