Fernandu Santush Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi

Fernandu Santush Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
Portugaliyalik murabbiy Fernandu Santush Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi. Bu haqda Ozarbayjon futbol federatsiyasi (AFFA) xabar bermoqda.

69 yoshli mutaxassis bilan shartnoma muddati ma’lum qilinmadi. Unga 2028 yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etish vazifasi qo‘yildi, deyiladi xabarda.
Fernandu Santush Ozarbayjon terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
Aprel oyida Santush Turkiyaning "Beshiktosh" klubi bosh murabbiyligidan ketgan edi. Bungacha portugaliyalik bir qator Gretsiya va Portugaliya jamoalari, jumladan, "Portu" va "Benfika"da ishlagan. Bundan tashqari u Portugaliya bilan Yevropa chempionati va Millatlar ligasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon terma jamoasi Yevro-2024 saralashining "F" guruhida 7 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onani band etgan va Yevropa chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmagan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar