13:04 / 10.09.2016
5 136

Xose Mariya Mendez: Barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz

Xose Mariya Mendez: Barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaning Kali shahrida Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. O‘zbekistonlik futzalchilar Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida birinchi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi. Mashg‘ulotdan so‘ng bosh murabbiy Xose Mariya Mendez va jamoa sardori Artur Yunusov birinchi tur o‘yinidan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etishdi, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.

Artur Yunusov: "Birinchi maqsadimiz - guruhdan keyingi bosqichga chiqish. Ushbu maqsadga erishish uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solamiz".

Xose Mariya Mendez: "Bizni autsayderlar qatorida ko‘rishmoqda, ammo bu narsa bizga qo‘l kelishi mumkin. Guruhimiz kuchli, lekin biz barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz. Muvaffaqiyatli ishtirok, O‘zbekistonda futzalni yanada rivojlanishiga turtki beradi. Men shogirdlarimga ishonaman. Panama kuchli jamoa, ammo birinchi o‘yin juda muhim axamiyatga ega. G‘alaba biz tomonda bo‘ladi deb umid qilaman".

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turni Kalidagi "Kolizeo El Pueblo" sport majmuasida Panamaga qarshi o‘tkazishadi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan 10 sentyabr kuni 18:00 (Toshkent vaqti bilan 11 sentyabr 04:00)da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xose Mariya Mendez: Barchaga "syurpriz" taqdim etmoqchimiz