11:26 / 16.06.2024
237

Erik ten Xag uchta talab qo‘ydi

Erik ten Xag uchta talab qo‘ydi
“Manchester Yunayted” bilan amaldagi shartnomani uzaytirishi kutilayotgan Erik ten Xag kelishuvni imzolashdan oldin klub rahbariyati oldiga uchta talab qo‘ydi.

Niderlandiyalik mutaxassisning birinchi talabi – sport direktori Jeyson Uilkoks jamoa taktikasiga aralashishni to‘xtatishi kerak. Bu rahbar murabbiylarga Brunu Fernandeshni qaysi pozitsiyada o‘ynatishn uqtirayotgani Erik ten Xagga yoqmayapti.

Ikkinchidan, klub rahbariyati ortga qaytarishga urinayotgan Jeydon Sancho bosh murabbiyga qilgan munosabati uchun faqatgina ommaviy tarzda uzr so‘raganidan keyingina jamoaga qo‘shilishi mumkin.

Uchinchi talab – klub murabbiylar shtabi vakili Benni Makkarti bilan ham shartnomani uzaytirishi kerak.

Agar tomonlar barcha masalalar bo‘yicha kelishuvga erishsa, o‘rtada 2027 yilning yarmigacha davom etadigan shartnoma imzolanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erik ten Xag uchta talab qo‘ydi