06:33 / 17.06.2024
67

Yevro—2024. Angliya Serbiyani minimal hisobda mag‘lub etdi, Daniya esa Sloveniya bilan durang o‘ynadi

Yevro—2024. Angliya Serbiyani minimal hisobda mag‘lub etdi, Daniya esa Sloveniya bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionati C guruhining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 16 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Angliya Serbiyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Jud Bellingem tomonidan urilgan gol yagonaligicha qoldi va inglizlarga g‘alaba keltirdi.

Guruhning yana bir o‘yinida Sloveniya va Daniya o‘zaro to‘qnash keldi. Uchrashuvning 17-daqiqasida Kristian Eriksen hisobni ochdi. 77-daqiqada Yanja hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va o‘yin durang bilan yakunlandi.

C guruhida 1-turdan so‘ng jadval quyidagicha ko‘rinish oldi:

Yevro—2024
1-tur
16 iyun, yakshanba

Serbiya – Angliya 0:1
Gol
: 0:1 – 13 Bellingem.
Serbiya: Raykovich, Velkovich, Milenkovich, Pavlovich, Kostich (Mladenovich, 43), Gudel (Ilich, 46), Milinkovich-Savich, Lukich (Yovich, 61), Jivkovich (Birmanchevich, 74), Mitrovich (Tadich, 61), Vlahovich.
Angliya: Pikford, Uoker, Stounz, Gexi, Tripper, Aleksander-Arnold (Gallaher, 69), Rays, Foden, Bellingem (Maynu, 86), Saka (Bouen, 76), Keyn.
Ogohlantirishlar: Gudel (39), Tadich (75).

Sloveniya – Daniya 1:1
Gollar
: 0:1 – 17 Eriksen, 1:1 – 77 Yanja.
Sloveniya: Oblak, Stoyanovich (Verbich, 67), Karnichnik, Drkushich, Biyol, Yanja, Gnezda-Cherin, Elshnik (Gorens-Stankovich, 76), Shporar (Brekalo, 90), Sheshko (Kurtich, 90), Mlakar (Selar, 75).
Daniya: Shmeyxel, Ba, Vestergor, Kristensen, Andersen, Kristiansen (Mele, 78), Eriksen, Hyoyberg (Nergor, 84), Yulmand (Dileyni, 89), Vind (Dolberg, 83), Heylund (Poulsen, 83).
Ogohlantirishlar: Yulmand (49), Stoyanovich (53), Selar (84).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Angliya Serbiyani minimal hisobda mag‘lub etdi, Daniya esa Sloveniya bilan durang o‘ynadi