
Ayni daqiqalarda Qozon shahrida BRIKS turnirining boks bo‘yicha final janglari bo‘lib o‘tmoqda. Hozirga kelib finalga yo‘l olgan ko‘plab bokschilarimiz o‘z janglarini o‘tkazib bo‘ldi.
Va nihoyat eng taniqli bokschimiz Bahodir jalolov ham o‘z jangini o‘tkazdi. U Belarus vakili Vladislav Smyaglikovga qarshi ringga ko‘tarildi va kutilganidek yurtdoshimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alabani qo‘lga kiritdi. 3-raund davom etayotgan pallada raqibini nokdaunga tushirdi va raqibning ustozlari ringga oq sochiqni uloqtirishdi.
Shu tariqa yurtdoshimiz muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritdi. Oldinda bizni ikki nafar vakilamizning jangi kutib turibdi.
-54 kg: Nigina O‘ktamova - Tat’yana Trushkina (Belarus)
-75 kg: Aziza Zokirova - Elena Gapeshina (Rossiya)
BRIKS TurniriBahodir JalolovQozon ShahriBoks Bo‘yichaG‘alabaJanglar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing