20:04 / 22.06.2024
88

Yevro—2024. Gruziya Chexiya bilan durang o‘ynadi

Yevro—2024. Gruziya Chexiya bilan durang o‘ynadi
Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionatining F guruhida Gruziya va Chexiya terma jamoalari 22 iyun, shanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Chexiya darvozasiga penalti belgilandi. Darvozaga aniq zarba bergan Mikautadze hisobni ochdi.

Ikkinchi bo‘limda Gruziya ustunlikni o‘z qo‘liga oldi. Chexiya esa o‘z omadini qarshi hujumda sinadi. Uchrashuvning 59-daqiqasida Patrik Shik hisobni tenglashtirdi.

Yevro-2024. "F" guruhi.

Gruziya – Chexiya 1:1
Gol
: Georgis Mikautadze (penalti) 45+3, 1:0, Patrik Shik 59, 1:1
Gruziya – Mamardashvili, Kakabadze, Kashiya, Kverkveliya (Gvelesiani, 82) Dvali, Sitaishvili (Lochoshvili, 62) Kochorashvili, Mekvabishvili, Davitashvili (Chakvetadze, 62) Kvaratsxeliya (Lobjanidze, 82) Mikautadze (Kvilitaya, 88)
Chexiya – Stanek, Soufal, Granach, Golesh, Kreychi, Yurasek (Shevchik, 82) Provod (Barak, 82) Souchek, Cherni (M. Yurasek, 55), Shik (Xitil,68) Glojek (Lingr, 55)
Ogohlantirish: Vladimir Soufal (Chexiya) 18, Guram Kashiya (Gruziya) 36, Lukash Provod (Chexiya) 40, David Yurasek (Chexiya) 47, Tomash Souchek (Chexiya) 80, Georgiy Gvelesiani (Gruziya) 82, Anzor Mekvabishvili (Gruziya) 83

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yevro—2024. Gruziya Chexiya bilan durang o‘ynadi
ePN