00:48 / 23.06.2024
156

Aleksandr Krestinin: "Raqib kamroq xato qildi va g‘alaba qozondi"

Aleksandr Krestinin: "Raqib kamroq xato qildi va g‘alaba qozondi"
Superliga 12-turidan o‘rin "Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Krestinin matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- O‘yin haqida
- Yaxshi o‘yin bo‘ldi. Ikki jamoa ham yaxshi vaziyatlar yarata olishdi. Himoyada yetarlicha stabil o‘ynay olmadik. Raqib kamroq xato qildi va shu sababli g‘alaba qozondi.

- "Lokomotiv" jamoasi uch oydan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Bunday inqiroz jarayonida jamoangiz o‘yinida qandaydir pozitiv jihatlarni ta’kidlab o‘ta olasizmi? Jamoa yomon natija qayd etayotganiga qaramay, jamoada o‘sish sezmoqdasizmi?
- Albatta. "Dinamo"ga qarshi kechgan uchrashuvdan ancha tartibli futbol o‘ynadik. Ko‘proq vaziyatlar yaratdik. O‘z yo‘limizda davom etishimiz kerak. Xatolar uchrab turibdi. Ularni to‘g‘rilashimiz kerak. Ruhiy tomonlama ham bosim bor.

- "Lokomotiv" qayd etayotgan yomon seriya futbolchilarga ta’sir qilayotgani haqida gapirib o‘tgan edingiz. Futbolchilaringiz yo‘l qo‘yayotgan xatolar ushbu bosim sabablimi? Bugun darvozabon ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydi va ishonchsiz o‘yin namoyish etdi.
- Gaplaringizda bog‘liqlik bor. Lekin professional futbolchi har doim o‘zining emotsional holatini stabil ushlab tura olishi kerak.

- Yosh futbolchi Shohrux Hudoyberganov bugun debyut qildi. Yosh futbolchini ikkinchi bo‘limda maydonga tushirdingiz, ammo 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas Hudoyberganov yana zahiraga olindi. Bunga sabab nima bo‘ldi?
- Sababi oddiy. U o‘z funksiyasini yaxshi bajara olmadi. Zahiradan maydonga tushgan futbolchi jamoaga foyda keltirishi kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksandr Krestinin: "Raqib kamroq xato qildi va g‘alaba qozondi"
ePN