TANIShING: O‘zbekistonning yangi qahramoni — Fotimaxon Amilova!
Braziliyada o‘tayotgan Paralimpiya-2016 o‘yinlarida vatanimiz sharafini himoya qilayotgan matonatli sportchilarimiz bugun tongda Qurbon Hayitiga betakror sovg‘a hozirlashgan ekan, deb yozadi "Diydoraziz" nashri.
Chunki suzuvchilarimiz yurtimiz g‘aznasini bira to‘la 2 ta oltin medal bilan boyitishdi! O‘zi kecha atigi 3 kishi musobaqalarda qatnashgan edi, shundan 2 ta oltin. Zo‘r-a?! E, zo‘r ham gapmi, dahshat!
To‘rtinchi kun yakuniga ko‘ra O‘zbekiston 6 ta oltin, 4 ta kumush va 11 ta bronza, jami 21 ta medal jamg‘ardi va umumjamoa hisobida 6-o‘rinda ketmoqda.
Xususan, kecha Firdavsbek Musabekov 100 m.ga brass usulida suzish bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ta’kidlash joizki, Firdavsbek ukrainalik sportchi bilan bir xil vaqt qayd etdi. Shu sababli ikkalasiga ham oltin medal topshirildi.
Ammo bugungi kunimiz qahramoni butunlay boshqa inson!
Qizlarimiz vakili Fotimaxon Amilova kecha o‘zining ikki karra matonatli ekanligini isbotladi. Musobaqaning dastlabki kuni u 100 m.ga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Uchinchi kunida esa u 200 m.ga kompleks usulda suzish bo‘yicha bir pog‘ona yuqorilab kumush medaliga ega chiqqandi. Buni qarangki, kecha, ya’ni Paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida Fotimaxon yengilmas iroda egasi ekanligini, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlar sari doim olg‘a intilishini butun dunyoga isbotlab, 100 m.ga brass usulida suzish bo‘yicha oltin medal oldi.
Shunday qilib Fotimaxon Amilova bitta paralimpiya o‘yinlarining o‘zida ham bronza, ham kumush, ham oltin medaliga ega chiqqan birinchi o‘zbek sportchisi bo‘lib tarixga kirdi.
Uning qahramonligi faqat bunda emas. Fotimaxon kompleks usulda suzishda ham, brass usulda suzishda ham jahon rekordini o‘rnatdi (kompleks usulda suzishda xitoylik sportchi keyinchalik uning rekordini yangiladi).
Va yana quvonarli jihati Fotimaxon Amilova bir necha kategoriyalarda musobaqalarni hali davom ettiradi. Bu degani undan yana ulkan g‘alabalar, xet-trik oltin medallar kutib qolamiz.
Barakalla! Al-qoyil! Sizdek sportchilarimiz borligidan faxrlanamiz!
Hozircha quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafiga medallar olib kelishdi:
Oltin medallar:
1. Sherzod Namozov — dzyudo (60 kg);
2. O‘tkirjon Nigmatov — dzyudo (66 kg);
3. Husniddin Norbekov — disk uloqtirish;
4. Odil Tulindebaev — dzyudo (100+ kg.);
5. Fotimaxon Amilova — brass usulida suzish (100 m.);
6. Firdavsbek Musabekov — brass usulida suzish (100 m.).
Kumush medallar:
1. Kirill Pankov — batterflyay usulida suzish (100 m.);
2. Muslima Odilova — batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Xaytjon Alimova — dzyudo (70+ kg.);
4. Fotimaxon Amilova — kompleks usulda suzish (200 m.).
Bronza medallar:
1. Sevinch Salaeva — dzyudo (62 kg);
2. Muzaffar Tursunxo‘jaev — batterflyay usulida suzish (100 m.);
3. Fotimaxon Amilova — batterflyay usulida suzish (100 m.);
4. Tursunposhsha Nurmatova — dzyudo (63 kg.);
5. Feruz Sayidov — dzyudo (73 kg.);
6. Server Ibragimov — pistoletda 10 m.ga o‘q otish;
7. Shirin Sharipov — dzyudo (100 kg.);
8. Shuxrat Boboyev — dzyudo (90 kg.);
9. Gulruh Rahimova — dzyudo (70 kg.);
10. Toshpo‘latova Shohsanam — kompleks usulda suzish (200 m.);
11. Doniyor Soliev — uzoqlikka sakrash. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi
Primorsk o‘lkasi O‘zbekiston bilan turizm sohasida hamkorlikni yanada kengaytirmoqchi
Qirg‘izistonda elektron sigaretalar taqiqlanmoqda
Bryus Lining sirli o‘limi tafsilotlari aniqlandi
Taker Karlson: Zelenskiy o‘z muddatini o‘tab bo‘lgan va hokimiyatda qolishda davom etmoqda
Ukraina elchisi: “Rossiya armiyasi Odessa va Nikolayevni bosib olishiga Turkiya to‘sqinlik qilgan”