
Transfer huquqi "Roma"ga tegishli bo‘lgan Andrea Belotti faoliyatini Italiyaning boshqa bir klubi "Komo"da davom ettiradigan bo‘ldi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar so‘nggi bosqichda va futbolchi yangi jamoaga ko‘chib o‘tishga tayyor. Ushbu transfer esa 4,5 million yevroga tushishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Belotti qishki transferlar oynasida "Fiorentina"ga ijaraga berilgandi. U florensiyaliklar safida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta golda ishtirok etdi.
"Komo" bu mavsumdan A Seriyada harakat qiladi. Klub avvalroq iroqlik yosh iste’dod Ali Jasimni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilayotgandi. Bu transfer ham yaqin kunlarda e’lon qilinishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar