O‘rta vaznda (84 kg gacha) UFC'ning sobiq chempioni Robert Uittaker qaysi raqibi bilan revansh o‘tkazish istagi borligini aytdi.
“Meni Drikus qiziqtiradi. U bilan revansh jangim boshqacha o‘tadi deb o‘ylayman. O‘zingiz ko‘ryapsiz - jangimizdan beri men faqat yaxshi tomonga o‘sdim va kuchaydim. Hozir uni mag‘lub etaman deb ayta olmayman. Drikus yaxshi jangchi. Ammo men ko‘proq narsaga qodir ekanligimni his qilyapman”, - deya Uittaker so‘zlarini keltiradi BJ Penn portali.
Eslatib o‘tamiz, 23 iyun kuni Robert Uittaker rossiyalik jangchi Ikram Aliskerovga qarshi oktagonga chiqdi. Ar-Riyoddagi (Saudiya Arabistoni) UFC on ABC 6 turnirining asosiy janggida avstraliyalik sportchi birinchi raunddayoq nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Qayd etish lozimki, Uittekerning ushbu musobaqadagi raqibi Hamzat Chimayev bo‘lishi kerak edi. Biroq jangga bir hafta qolganida, Chimayevning sog‘lig‘idagi noaniq muammolar tufayli musobaqada qatnasha olmasligi ma’lum bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi