23:50 / 25.06.2024
263

Lionel Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga xam o‘tgan"

Lionel Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga xam o‘tgan"
Lionel Messi hayotidagi raqobatga chanqoqlik haqida gapirdi.

"Raqobatlashish istagi meni hech qachon tark etmaydi. Men shundayman, men shunday tug‘ilganman va bundan uzoqlashish juda qiyin.

Men hatto bolalarimga ham o‘yinlarda yutqazib berishga qiynalaman (bir necha yil avval Messi "UNO" karta o‘yinida o‘z o‘g‘li Mateoni kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi). Farzandlarim ham umuman yutqazishni yoqtirmaydilar, menga juda o‘xshash.

Raqobatbardosh bo‘lish yaxshi, Lekin men mag‘lub bo‘lishni, mag‘lubiyatdan ijobiy tomonlarni ko‘rishni o‘rgandim
."

"Futbolda siz raqibingizdan 10 baravar ustun bo‘lib, baribir mag‘lub bo‘lishingiz mumkin. Shunday paytlar bo‘ladiki, musobaqada eng yaxshi jamoa chempion bo‘lolmaydi. Futbolda shunday narsalar bor, ularni tushuntirish juda qiyin", - dedi "Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Clank! intervyusida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi: "Mendagi bu xarakter farzandlarimga xam o‘tgan"