Superliganing 13-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Nasaf" (0:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
O‘yin haqida
- Bugungi o‘yin yuqori tempda o‘tmadi. Bunga balki jamoalardagi charchoq va havoning issiqligi sabab bo‘lgandir. Shunga qaramay har ikki jamoada ham vaziyatlar bo‘ldi. Negadir ikki jamoa ham o‘ta ehtiyotkor harakat qildi. Biz albatta bu natijadan qoniqish hosil qilmaymiz. Biroq hozirgi charchoq va yo‘qotishlar ortidan bugungi o‘yinda bundan ham yomonroq natija qayd etilishi mumkin edi.
- "Neftchi"ga qarshi o‘yindagi jismoniy charchoq bugungi o‘yinga ham ta’sir ko‘rsatdi deb o‘ylaysizmi?
- Bu albatta sezildi, aytib o‘tdim. Yo‘qotishlar bor, oxirgi o‘yinlarda bir tarkib bilan harakat qilishga majbur bo‘ldik. Shunga qaramay o‘zgarishlar qildik, biroq bu kutilgan natijani bermadi. Jarohatlar haqida gapirmayman, bizda yo‘qotishlar ko‘p. Masalan, xuddi shunaqa sabab bugungi o‘yinda Akmal Mozgovoy ham qatnasha olmadi. Hujum chizig‘ida ham muammolarimiz bor.
- Oldingi chiziqda faollik yo‘qolib qolgandek. Bu bosim bilan bog‘liq emasmikan?
- Biz yigitlarni bosimsiz o‘ynatishga harakat qilayapmiz. Lekin maydondagi o‘zaro aloqalarni ham buzilib qolganligi ko‘zga tashlanayapti. Oybek ham yo‘q hozir, bog‘lamlarda qiyinchiliklarga duch kelayapmiz. Qanotlar bo‘yicha e’tirozlarimiz bor. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»