Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yirik turnirlarda 50 ta o‘yin o‘tkazgan ilk yevropalik futbolchiga aylandi.
Germaniyada o‘tkazilayotgan Yevropa chempionati 3-turida Gruziya bilan o‘yin portugaliyalik futbolchi uchun yubiley o‘yinga aylandi.
Asosiy tarkibda maydonga tushgan Ronaldu bu uchrashuvda birorta ham gol urmadi va 65-daqiqada almashtirildi. Bu uning Yevropa chempionatidagi 28-uchrashuvidir. U jahon chempionatida 22 ta o‘yin o‘tkazgan.
Yevro—2024 musobaqasida Gruziya va Portugaliya terma jamoalari F guruhida Chexiya va Turkiya bilan kuch sinashdi. So‘nggi turda Portugaliya ustidan g‘alaba qozongan Gruziya 4 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab, nimchorak finalga yo‘l oldi. Portugaliya termasi 6 ochko bilan guruh peshqadamligini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Chexiya hamda Gruziya ustidan g‘alaba qozongan turklar ikkinchi o‘rinni egalladi.
Germaniyada Yevropa chempionati 14 iyundan 14 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion Italiya termasi Yevro—2020 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»