640
Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi qozoq tilida berilgan savolga noroziligini bildirdi
Foto: Tengrisport
Futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov qozoq tilidagi savoldan keyin tarjima qilishni so‘radi, deb xabar beradi Tengri Sport.
Matbuot anjumanida mutaxassisga qozoq tilida savol berildi va u Qozog‘iston futbol federatsiyasi prezidenti Adilet Barmenkulovdan yordam so‘rashiga to‘g‘ri keldi.
“Men uning kimligini bilmayman, lekin uning tarjimoni prezident bo‘ldi”, — deb hazillashdi Cherchesov noqulay vaziyat yuzaga kelganida.
Matbuot anjumanining boshqa bir pallasida jurnalist yana murabbiyga qozoq tilida savol bermoqchi bo‘ldi. Cherchesov esa bu holatda hayron qolganini yashirmadi.
Cherchesov: Kechirasiz, siz qayerdansiz?
Jurnalist: Men Qozog‘istondanman.
Cherchesov: Nega menga bunday murojaat qilyapsiz? Sizga osetin tilida javob bersam bo‘ladimi?
Jurnalist: Marhamat, javob bering.
Cherchesov: Lekin hech kim tushunmaydi-da.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi bilan Ostonaga tashrifi chog‘ida Stanislav Cherchesov qozoq tilini tushunishini va tarjimonga muhtoj emasligini aytgandi.
Avvalroq futbol bo‘yicha Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov jurnalistlar qanday holatlarda tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi savolga javob bergan edi.
“Taqiqlar va ahmoqona savollarga kelsak, ahmoqona savollarga faqat ahmoqona javoblar beriladi. Lekin siz savollar berish, bizdan javob olish uchun shu yerdasiz. Hech qanday muammo yo‘q”, - degan edi Rossiyalik mutaxassis.
Cherchesov 4 iyun sanasida Qozog‘iston murabbiyligiga keldi. Bundan avval murabbiy Xorvatiya klubini boshqargan va 2023 yilning iyun oyidan beri faoliyat yuritmayotgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi