21:36 / 28.06.2024
428

Madrimov “dahshatli jangda” yengilmas Kroufordni qanday yutishi mumkin?

Madrimov “dahshatli jangda” yengilmas Kroufordni qanday yutishi mumkin?
Joriy yilning 3 avgust kuni Isroil Madrimov o‘z faoliyatidagi eng katta jangini o‘tkazadi. 29 yoshli bokschimiz shu yilnin 8 mart kuni qo‘lga kiritgan WBA jahon chempionligi kamarini yengilmas bokschi Terens Krouforddan himoya qiladi.

Madrimov professional boksdagi jahon chempionligi kamarini rossiyalik Magomed Kurbanov bilan bo‘lgan jangda o‘ziniki qilib olgandi. Tajribali bokschimiz 12 raundga mo‘ljallangan chempionlik jangida ketma-ket 25 ta bahsni o‘z foydasiga hal qilgan Magomed Kurbanovni beshinchi raunddayoq nokaut qilgandi.

3 avgust kuni Los-Ajelesda bo‘ladigan nufuzli boks kechasida Isroil va Terens to‘qnashuvida WBA World Super Welter kamaridan tashqari yana bir sovrin – WBO yo‘nalishi bo‘yicha vaqtinchalik chempionlik uchun ham bahslashadi.

Rossiyalik professional bokschi Pavel Sosulin Madrimov – Krouford jangi borasida fikr bildirib, Isroil e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan jihatlarni aytib berdi.

- Vaziyatga real baho beradigan bo‘lsak, Isroilda professional boks bo‘yicha Krouforddagi boy tajriba yo‘q. Terens vazn toifasidan qat’i nazar, dunyodagi eng zo‘r uch bokschidan biri hisoblanadi.

Bo‘lajak jang Madrimov uchun juda katta sinov. Men unga bo‘lajak bahsga tayyorgarlik jarayonini ajoyib tarzda o‘tashini va jangga eng zo‘r jismoniy holatda yetib borishini tilayman.

Krouford birinchi raqamda ham, ikkinchi raqamda ham yaxshi ishlay oladigan usta bokschi. Madrimov bo‘lajak to‘qnashuvda raqibga o‘zining boksini o‘tkazashi, uni emotsional muvozanatdan chiqarishi kerak. Agar jang Krouford rejasi bo‘yicha ketsa, unda hech narsaga erishib bo‘lmaydi.

Lekin Isroil kuchli zarba beradigan, uradigan bokschi ekanini unutmaylik. Uning zarbalari nostandart trayektoriyaga ega
, - dedi Pavel Sosulin.

36 yoshli Terens Krouford ayni paytda to‘rtta chempionlik kamariga egalik qiladi va bu ro‘yxatni yanada ko‘paytirmoqchi. 2008 yildan beri professional ringda faoliyati yuritayotgan Terensni hali yengadigan raqib topilgani yo‘q.

Krouford shu kunga qadar 40 ta jangda ishtirok etib, ularning barchasini o‘z foydasiga hal qilgan. 31 ta to‘qnashuvda raqiblarini muddatidan oldin mag‘lubiyatga uchratgan.

Isroil Madrimov hisobida professional ringda o‘nta g‘alaba (7 nokaut) va bitta durang bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Madrimov “dahshatli jangda” yengilmas Kroufordni qanday yutishi mumkin?