Fransiyaning “PSJ” klubi 16 yoshli hujumchi — Lamin Yamalni sotib olish uchun “Barselona”ga 250 million yevro taklif qilishga tayyor. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi hech qanday summa evaziga futbolchini sotmaydi.
Mart oyida “Barselona” prezidenti Joan Laporta “PSJ” Yamal uchun 200 million yevro taklif qilgani, ammo bu taklif rad etilgani haqida aytib o‘tgandi.
O‘tgan mavsumda Yamal barcha turnirlarda 53 ta o‘yinda qatnashib, 7 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 90 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Yamal Yevro-2024 guruh bosqichining uchta o‘yinida ham ishtirok etdi. Xorvatiya bilan 1-tur o‘yinida (3:0) vinger golli uzatmani amalga oshirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi