10:44 / 30.06.2024
139

Luchano Spaletti: "Men ham bu o‘yinimizdan xursand emasman"

Luchano Spaletti: "Men ham bu o‘yinimizdan xursand emasman"
Luchano Spaletti Italiyaning "Yevro-2024"dan chiqib ketishi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, ammo "azurri" ustozi jamoani tayyorlash uchun cheklangan vaqt ularning yomon o‘yin ko‘rsatishiga o‘z hissasini qo‘shganini ta’kidlab o‘tdi.

"Bahona bo‘lib tuyulsa ham shuni aytishim kerak. Bu musobaqadan oldin boshqa murabbiylar 20 yoki 30 ta o‘yin o‘tkazishgan. Men esa 10 ta o‘yinda ishtirok etdim xolos va menda allaqachon yaxshigina bosim bor edi. Keyin bizda bir nechta jarohat olgan futbolchilar mavjud edi, Shveysariya esa adolatli tarzda g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqdi".

"Napoli"ning sobiq bosh murabbiyi iste’foga chiqish niyatida emas, lekin jamoada vaziyat o‘zgarishi kerakligini tan oldi va shunday dedi:

"Bu tabiiy savol, mendan shu haqida so‘raganingiz, uchun o‘zingizni aybdor his qilmang. Sodir bo‘lgan voqea uchun javobgarlikni o‘z zimmamga olganim men uchun hech narsani o‘zgartirmaydi. Futbolchilarni o‘zim tanladim. Men bu yoki Ispaniyaga qarshi o‘yinimizdan mamnun emasman. Qolgan ikkita bahsdan qisman mamnunman", - deydi italiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Spaletti bilan shartnoma 2026 yilgacha amal qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luchano Spaletti: "Men ham bu o‘yinimizdan xursand emasman"