00:26 / 01.07.2024
124

Ro‘ziqul Berdiyev: "Jamoamizda g‘alabaga bo‘lgan ishonchning borligi bizga 3 ochkoni taqdim etdi"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Jamoamizda g‘alabaga bo‘lgan ishonchning borligi bizga 3 ochkoni taqdim etdi"
Superliganing qoldirilgan 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Navbahor" (3:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- G‘alaba bilan jamoamiz a’zolari va muxlislarini tabriklayman. "Navbahor" kuchli tarkibga ega tajribali jamoa. Biz raqibdan shunaqa qarshilikni kutgandik. Kutilmagan gollar o‘tkazib yubordik. Jamoamizda g‘alabaga bo‘lgan ishonchning borligi bizga 3 ochko taqdim etdi. Hisobda ikki marta orqada borib ham g‘alabaga erishdik.

- Abduvohid Ne’matov penalti tepishni o‘zi hohladimi?
- Biz boshqa futbolchilarga shu vazifani yuklagandik. U Marko bilan kelishgan holda shu qarorga keldi va bu qaror o‘zini oqladi.

- Hakamlikni qanday baholaysiz?
- Nazarimda hammasi to‘g‘ri bo‘ldi. Muhokama qilmoqchi emasman, o‘yin buzilib qolmadi.

- "Nasaf"ning transfer rejasi qanday?
- Biz rahbariyat bu borada muhokama qilayapmiz. Yanada kuchayishimiz kerak. Shu sababdan ba’zi variantlarni ko‘rib chiqamiz.

- "Nasaf"ning ikkinchi golini VAR ko‘rayotganda Bobir Abdixoliqov bilan vaziyatni muhokama qildingiz. Shu haqida aytib bersangiz?
- Birinchi vaziyatda ular o‘yindan tashqari holatni ko‘rayapmiz deyishdi. Keyin qo‘l haqida gap chiqdi. Shu biz uchun bir oz tushunarsiz bo‘ldi. Hozir o‘sha vaziyat video takrorini ko‘rishga ulgurmadim.

- Sherzod Nasrullayev va Abduvohid Ne’matovlar legionerga aylanishi haqidagi gap-so‘zlarga fikringiz qanday?
- Sherzod Nasrullayev haqida hech qanday gap eshitmadim. Abduvohid Ne’matov bizga shunaqa taklifi bor ekanini aytdi. Biroq, u hozir bizga kerak. U qaysidir jamoaga ikkinchi darvozabon sifatida borishga loyiq emas. Bu noto‘g‘ri bo‘ladi. Eron chempionati klublari bizning jamoadan daraja jihatdan ustun deb o‘ylamayman.

- Sizning maslahatingizni u qanday qabul qildi?
- To‘g‘ri qabul qildi, e’tiroz bildirmadi. Biz unga maqsadlarimiz, jamoaga va muxlislarga kerakligini aytdim, tushundi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Jamoamizda g‘alabaga bo‘lgan ishonchning borligi bizga 3 ochkoni taqdim etdi"