23:43 / 03.07.2024
661

Fayzullayev bo‘yicha “Bavariya”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Taniqli agent unga oydinlik kiritdi

Fayzullayev bo‘yicha “Bavariya”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Taniqli agent unga oydinlik kiritdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi va SSKA hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullayevning Yevropaning kuchli ligalariga ketishi mumkinligi haqidagi ma’lumotlar bir necha oylardan beri to‘xtagani yo‘q.

20 yoshli futbolchimiz Rossiya Premer-ligasida va O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda o‘tkazilgan Osiyo kubogida muvaffaqiyatli o‘ynaganidan keyin unga Bundesliga grandi “Bavariya”dan qiziqish bo‘layotgani haqida axborotlar tarqatilgan edi.

Yevropaning eng qudratli klublaridan hisoblangan “Bavariya”ning o‘zbek futbolchisiga qiziqqani rostmi? Haqiqatan ham, myunxenliklar Fayzullayev bo‘yicha murojaat qilganmi?

Bu masalaga taniqli futbol agenti German Tkachenko javob berdi va masalaga oydinlik kiritdi.

- “Bavariya” Abbosbek Fayzullayev masalasida telefon qildi, lekin ular uni darrov sotib olish uchun bog‘langani yo‘q.

Shunchaki, ular o‘yinchining maqomini tekshirib ko‘rdi, chunki Fayzullayev ularning skautlik bazasiga kiritilgan. Ular shartnoma holati, qancha turishi haqidagi ma’lumotlarni aniqlashtirib oldi.

Abbosbekning nomi ularning skautlik bazasida bor, lekin kimlardir voqealar rivojidan oldinga o‘tib, vaziyatni jiddiy qiziqish sifatida baholadi, ammo holat bunday emas
, - dedi German Tkachenko.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullayev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Hujumkor futbolchimiz o‘tgan yili avgust oyida SSKAga ko‘chib o‘tgandi. Bu transfer toshkentliklarga 500 ming yevro olib keldi.

Fayzullayev “sherlar” safida ikki yil davomida 41 ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol va uchta assist muallifi bo‘lgan.

Rossiyadagi debyut mavsumida iste’dodli legionerimiz SSKA uchun 32 ta o‘yinda maydonga tushib, beshta gol va 14 ta assist qayd etdi. Abbosbekning transfer summasi bir necha baravar ko‘tarilib, ayni paytda 6 million yevroni tashkil qilmoqda. Bu borada Fayzullayev Markaziy Osiyoning eng qimmatbaho futbolchisiga aylandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Fayzullayev Parij Olimpiadasida qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga kiritildi. Yozgi Olimpiya o‘yinlari 26 iyuldan 11 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.

Futbolchilarimiz musobaqadagi ishtirokini 24 iyul kuni Ispaniya olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘yindan boshlaydi. Timur Kopadze shogirdlari 27 iyulda Misr va 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi terma jamoalari bilan kuch sinashadi.

Abbosbek Fayzullayev 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoada asosiy figuralardan hisoblanadi. Legionerimiz ushbu jamoa safida 14 ta bahsda qatnashib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fayzullayev bo‘yicha “Bavariya”dan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Taniqli agent unga oydinlik kiritdi