Xabaringiz bor, "Parij-2024" uchun O‘zbekiston terma jamoasining qaydnomasi e’lon qiliindi. Ushbu jamoaga "Al-Vahda" a’zosi Hojimat Erkinov kiritilmadi.
"Sports.uz"ga ma’lum bo‘lishicha, Erkinovning klubi uni Olimpiadada ishtirok etishi uchun ruxsat bermadi. Jamoa 23 yoshli futbolchini tezroq mashg‘ulotlarga qaytishini istamoqda. Shu sababli, u BAAga jo‘nab ketgan.
Bundan ko‘rinadiki, O‘FA "Al-Vahda" bilan kelisha olmagan. Aslida, shunga o‘xshash holat Osiyo kubogida ham ro‘y bergandi. Qatarda bo‘lib o‘tgan turnirda Abu-Dabi jamoasi Hojimatni final oldidan qaytarib olgan va BAA kubogi finalida vinger maydonga tushgandi.
O‘shanda "Al-Vahda" kubokni qo‘lga kiritib, Erkinov jamoasi bilan ilk sovrinini yutgandi. Umuman olganda futbolchimiz uchun mavsum yomon o‘tgani yo‘q. U klubi tarkibida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi