17:10 / 10.07.2024
211

Afg‘oniston hukumati Olimpiadada qatnashayotgan ayollar terma jamoasi a’zolarini tan olmaydi

Afg‘oniston hukumati Olimpiadada qatnashayotgan ayollar terma jamoasi a’zolarini tan olmaydi
Foto: Voanews
Afg‘oniston hukumati 2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida qatnashayotgan ayollar terma jamoasini tan olishdan bosh tortdi. Bu haqda Le Parisien nashriga mamlakat hukumati sport departamenti vakili Atal Mashvani ma’lum qildi.

Mashvanining aytishicha, Afg‘onistonda ayollar sporti hozirda taqiqlangani uchun Olimpiada o‘yinlarida faqat uch erkak rasmiy ishtirokchi hisoblanadi.

Agar ayollar sport bilan shug‘ullanmasa, ular qanday qilib terma jamoa a’zosi bo‘ladi?” — deya savol bergan Afg‘oniston hukumati vakili.

Foto: Leparisien
Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Afg‘oniston rasmiylari bilan aloqa o‘rnatmagani va ularni o‘yinlarga taklif qilmaganini aytdi. Qayd etilishicha, Olimpiada ishtirokchilariga nomzodlar faqat muhojirlikda bo‘lgan Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati bilan muhokama qilingan.

Musobaqada Afg‘onistondan olti nafar – uch nafar ayol va uch nafar erkak sportchi ishtirok etadi. Ayollar yengil atletika va velosport, erkaklar dzyudo, yengil atletika va suzish musobaqalarida bellashadi.

Ma’lumot uchun, Parij—2024 Olimpiadasi 26 iyul kuni start oladi va 11 avgustga qadar davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Afg‘oniston hukumati Olimpiadada qatnashayotgan ayollar terma jamoasi a’zolarini tan olmaydi