
Angliya termasi bilan qatorasiga ikkinchi marta finalda o‘ynaydigan Garet Sautgeyt bahs yakunidan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Biz uchrashuvda yaxshi harakat qildik. Bahs qiyin bo‘ldi, uchrashuv davomida bir necha bor taktik o‘zgarishlar qilishga majbur bo‘ldik. Biz doim raqibga moslashishga harakat qildik va o‘yin davomida ko‘plab yaxshi vaziyatlarni yaratdik. Bahs yakuni biz uchun o‘zgacha bo‘ldi. Biz bahs yakuniga oz qolganda gol urdik va finalga yo‘l oldik», — dedi Garet Sautgeyt.
Ma’lumot uchun, Angliya termasi qatorasiga ikkinchi marta Yevropa chempionatining finaliga chiqdi. Avvalgi musobaqaning hal qiluvchi bahsida Italiyaga mag‘lub bo‘lgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar