Foto: Getty Images
Braziliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Rivaldo Braziliyaning Amerika Kubogi chorak finalidagi mag‘lubiyatini sharmandalik deb atadi.
Braziliya chorak final bosqichida Urugvayga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi.
“Men Braziliya jamoasining sobiq futbolchisi sifatida gapirmoqchiman. Bunday tanqidlar odatiy hol va futbolchilar mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishlari kerak. Braziliyaning Amerika Kubogidagi ishtiroki sharmandali bo‘ldi. O‘yinchilarga hurmat bilan aytamanki, ular o‘zlarini ko‘proq ko‘rsatishlari kerak. Bizda muhim bahslarda o‘ynash tajribasiga ega bo‘lmagan futbolchilar ko‘p.
Braziliya termasida Amerika Kubogiga tayyor bo‘lmagan futbolchilar bor edi. Endi bizni tajribasiz jamoa sifatida ko‘rishadi, endi qo‘rquv uyg‘otmaymiz”, — dedi Braziliya milliy jamoasi va “Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi.
Ma’lumot uchun, Rivaldo 2008—2010 yillarda Toshkentning “Bunyodkor” safida o‘ynagan. 61 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 37 bor raqiblar darvozasiga yo‘l topgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”