
Futzal bo‘yicha xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi 12 iyul, payshanba kuni Gvatemalaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuv O‘zbekistonning 2:3 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘zbekiston safida Mehroj Xudoyberganov va Dilshod Rahmatov urgan bo‘lsa, Gvatemala tarkibida Patrik Ruis ikkita, Roberto Alvorado bitta gol urdi.
Xose Venansio Lopes shogirdlari 11 iyul kuni ham Gvatemalaga qarshi o‘ynagandi. Kecha bo‘lib o‘tgan bahsda O‘zbekiston 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini
12 iyul, juma
O‘zbekiston – Gvatemala 2:3
Gollar: 3' Mehroj Xudoyberganov, 32' Dilshod Rahmatov — 9', 24' Patrik Ruis, 27' Roberto Alvorado.
O‘zbekiston (dastlabki beshlik): 1. Ramil Almamedov, 2. Anasxon Rahmatov, 6. Ilhom Hamroyev, 8. Husniddin Nishonov, 9. Ixtiyor Ropiyev.
Zaxira: Elmurodov, Yunusov, Botirov, Jo‘rayev, Rahmatov, Usmonov, Berkinov, Ahmedzyanov, Xudoyberdiyev. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar