
Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Fransiyaning Nitsa shahrida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.
15 iyul kuni Timur Kapadze shogirdlari Gvineyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi rejalashtirilgandi. Biroq raqib mazkur o‘yinda ishtirok etolmasligini ma’lum qilgan.
O‘FA tezkorlik bilan mazkur sana uchun raqib topish ustida ish olib bordi va Fransiyaning “Reysing Grass” jamoasi bilan kelishuvga erishdi.
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi “Reysing Grass” jamoasiga qarshi nazorat o‘yinida yirik, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Jamoaning gollariga Oston O‘runov, Umarali Rahmonaliyev, Muhammadqodir Hamraliyev hamda Alisher Odilov (dubl) mualliflik qilgan.
Uchrashuvdagi tarkiblar borasida esa O‘FA ma’lumot bermadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar