date
views 82

Avstraliya terma jamoasi darvozaboni "Roma"ga o‘tdi

Avstraliya terma jamoasi darvozaboni "Roma"ga o‘tdi
"AZ Alkmar" darvozaboni faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradi.

Avstraliya terma jamoasidagi faoliyati bilan bizga yaxshi tanish bo‘lgan Metyu Rayan "Roma" a’zosiga aylandi. Rim klubi darvozabon transferini rasman e’lon qildi.

32 yoshli darvozabon Niderlandiyaning "AZ Alkmar" klubidan "Roma"ga o‘tdi.

Ma’lumot uchun, Metyu Rayan o‘tgan mavsum Niderlandiya chempionatida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 28 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Metyu Rayan Avstraliya termasi bilan uchta Jahon chempionatida qatnashgan (2014, 2018, 2022).
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Avstraliya terma jamoasi darvozaboni "Roma"ga o‘tdi