Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ayni kunlarda Fransiyaning Nitsa shahrida so‘nggi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazmoqda.
Timur Kapadze shogirdlari Yangi Zelandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi. Uchrashuvning 25-daqiqasida Oston O‘runov hisobni ochdi. 84-daqiqaga kelib, raqib jamoa hisobni tenglashtirdi.
87 va 89-daqiqalarda esa Husayn Norchayev ikki bor darvozani ishg‘ol etib, O‘zbekiston OTJga g‘alaba olib keldi.
O‘zbekiston — Yangi Zelandiya 3:1
Gollar: Husayn Nochayev (2 ta), Oston O‘runov (1 ta).
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi to‘rt yillikning yirik musobaqasida 24 iyul kuni debyut qiladi. O‘sha kuni "oq bo‘rilar" Ispaniya bilan bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun Yangi Zelandiya terma jamoasi ham Parij Olimpiyadasida ishtirok etadi. Ular musobaqaning A guruhidan joy egallagan. Guruhda Fransiya, AQSH va Gvineya Yangi Zelandiyaning raqiblari hisoblanadi.
Shu tariqa O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi ikkinchi nazorat o‘yinida ham zafar quchdi. 15 iyul kuni jamoa “Reysing Grass” klubiga qarshi o‘ynab, 5:0 hisobida g‘alaba qozongan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi