
Kolumbiyada futzal bo‘yicha o‘tayotgan jahon chempionati guruh bosqichi, 3-turi doirasida Portugaliyaga qarshi kechadigan bahs oldidan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Xose Mariya Mendez fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Portugaliya dunyoning eng kuchli jamoalaridan biri, ammo bizning yo‘qotadigan narsamiz yo‘q. Ertaga Kolumbiya bilan kechgan uchrashuvdagidek harakat qilishimiz lozim.
Biz Rikardinoga qarshi alohida taktika qo‘llamaymiz. Biz butun Portugaliya termasiga e’tibor qaratamiz. Bunday taktikani biz Kolumbiyaga qarshi ham ishlatgan edik.
O‘zbekiston keyingi bosqich masalasini allaqachon hal qilishi kerak edi. Panamadan uchragan mag‘lubiyat ko‘p narsani o‘zgartirib yubordi. Nima bo‘lganda ham, biz keyingi bosqich uchun kurashishga tayyormiz, - deydi murabbiy.
Manba: www.fut.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar