O‘z tarixida ilk bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan futbolchilarimiz musobaqani davom ettirish imkoniyatidan mosuvo bo‘ldi.
Ilk uchrashuvda Ispaniyaga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan hamyurtlarimiz, keyingi bahsda Misrga 0:1 ko‘rinishida o‘yinni boy berdi.
Ta’kidlash joizki, har ikki bellashuvda ham Timur Kapadze shogirdlari shiddatli, hujumkor va ishonchli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildi. Hatto buni uddaladi ham. Lekin bunday katta turnirlarda hisob va natija uchun o‘ynashni ham o‘rganishimiz kerak ekan.
E’tiboringizga o‘zbekistonlik charm to‘p ustalarining Parij Olimpiadasidagi ishtiroki bo‘yicha bildirilayotgan fikr-mulohazalarni havola etamiz.
Eloiza De Mester, lensois.com sayti eksperti:
Futbol ishqibozlarining O‘zbekiston terma jamoasidan umidlari katta edi. Ko‘pchilik bu jamoa Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining haqiqiy syurprizi bo‘lishini kutgandi. Lekin o‘zbekistonliklarning Parijdagi yurishi juda erta – guruh bosqichidayoq tugadi.
“Lans” himoyachisi o‘ynayotgan O‘zbekiston terma jamoasi birinchi turda Ispaniyadan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin musobaqada ishtirok etish imkoniyatini saqlab qolish uchun ikkinchi bahsda ochko olishi shart edi.
Misr o‘z o‘yinini ko‘rsatdi va hisobni ochib oldi. Qolgan daqiqalarda o‘zbeklar mag‘lubiyatdan qutilib olish uchun harakat qildi, lekin buni uddalay olmadi. Yana bir omadsizlik.
Ikki uchrashuvda biror ochko jamg‘ara olmagan O‘zbekiston rasman musobaqadan chiqib ketdi. Endi guruhdagi so‘nggi o‘yin 30 iyul kuni Dominikan Respublikasiga qarshi o‘tkaziladi. Bu bahsdan keyin Abduqodir Husanov tez kunlarda “Lans” ixtiyoriga qaytib, yangi mavsumga tayyorgarlik jarayoniga qo‘shiladi.
Enso Paylot, le11hdf.fr sayti eksperti:
Abuqodir Husanov va uning jamoadoshlari Olimpiya o‘yinlari guruh bosqichidagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatdan keyin musobaqani tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Husanov O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari orasida mahalliy sharoitga eng ko‘p moslashgan, bu yerdagi muhitni yaxshi biladigan futbolchi edi. Lekin Husanov ham jamoadoshlariga bu mamlakatda uzoqroq olishga yordam bera olmadi.
O‘zbekiston Misrga qarshi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchramasligi kerak edi. Lekin buning uddasidan chiqa olishmadi. O‘zbeklar Abbosbek Fayzullayevning hisobni tenglashtirgan goli evaziga o‘yinga qaytmoqchi bo‘ldi. Biroq bu gol o‘yindan tashqari holatda kiritilgani bois bekor qilindi.
O‘yinda to‘p nazorati ko‘proq o‘zbeklar tomonida bo‘lganiga qaramay, mag‘lubiyatdan qutilishning imkoni bo‘lmadi.
Endi Abduqodir Husanov ham Dominikan Respublikasi terma jamoasi bilan bo‘ladigan oxirgi uchrashuvdan keyin “Lans” tarkibiga qaytadi.
Rustam Ashurmatov, “Rubin” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi:
Bizning “Zenit” bilan bahsimiz O‘zbekiston va Misr uchrashuvi vaqtiga parallel kelib qoldi. O‘yindan keyin darrov telefonni qo‘lga olib, o‘yin natijasini ko‘rdim.
Afsuski, O‘zbekiston Olimpiadadan chiqib ketibdi.
Birinchi uchrashuvda terma jamoa Ispaniya bilan juda yaxshi o‘ynagan edi va durangga yaqin kelgandi. Lekin ozgina imkoniyat yetishmadi.
Olimpiya o‘yinlaridan oldin terma jamoaning pley-offga chiqishiga katta umid bildirilayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 30 iyul kuni Dominikan Respublikasi futbolchilariga qarshi o‘tkazadi va shu bilan ilk Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi