
Hamyurtimiz Bahodir Jalolov bugungi jangidan keyin chet el jurnalistlariga intervyu berdi.
"Mening maqsadim bitta, bu ham bo‘lsa, ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lish. Bu yo‘lda birinchi to‘siqdan o‘tdim", - deya savolga javob berdi Bahodir Jalolov.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov Parij-2024 Olimpiadasi doirasidagi ilk jangini norvegiyalik Omar Shihaga qarshi o‘tkazib, katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi. Jang davomida vakilimiz raqibini ikki marta nokdaun holatiga tushirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Jalolov keyingi jangini 2 avgust kuni avstraliyalik Tremuana Juniorga qarshi o‘tkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar