Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.
-57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Sitora Turdibekova kongolik Marselat Sakobi Mats'huga qarshi ringga ko‘tarildi.
Birinchi raund 1:4 hisobida kongolik bokschi hisobiga yozildi. Ikkinchi raundda esa Sitora faollikni qaytardi va 5:0 hisobida ustun keldi. Uchinchi raund ham o‘zbekistonlik bokschining foydasiga hal bo‘ldi va Sitora Turdibekova keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endi u 2 avgust kuni ikki karra jahon chempioni, xitoy taipeyilik Yu-Ting Linga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun jang qiladi.
Ma’lumot uchun, Turdibekova 2002 yil 20 may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tavallud topgan.
Sitora 2021 yil kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2022 yil Toshkentda o‘tgan U-22 qit’a birinchiligida bronza, 2023 yil Bangkok mezdonlik qilgan ayni shu toifadagi chempionatda esa kumush medal sohibiga aylangan. Ko‘rsatgan natijalari evaziga “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»