Parij—2024. Davlatbek Bobonov Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi

Parij—2024. Davlatbek Bobonov Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi
Foto: Olympic
Parij Olimpiadasining dzyudo bo‘yicha musobaqalari davom ettirildi.

Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Davlatbek Bobonov o‘z jangini o‘tkazdi.

-90 kggacha vazn toifasida ishtirok etuvchi O‘zbekiston vakili BAA vakili Aram Grigoryanga qarshi bahs olib bordi va mag‘lubiyatga uchrab musobaqani tark etdi.

Davlatbek Bobonov 1997 yil 7 iyunda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. Dzyudochi Osiyo va Jahon chempionati sovrindori. Tokioda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada bronza medalini qo‘lga kiritgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar