540
Xalqaro boks assotsiatsiyasi Iman Halif va Sitora Turdibekovaning raqibi borasida bayonot berdi
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) Parij Olimpiadasidagi mojaro yuzasidan bayonot berdi.
“IBA barcha musobaqalardada halol raqobatni ta’minlashda sodiq qoladi. Biz 2024 yilgi Parij Olimpiadasi o‘yinlarida boks bo‘yicha musobaqalarda qatnashish huquqining nomuvofiqligini keskin qoralaymiz. Yana bir bor ta’kidlaymizki, Iman Halif ham, Lin Yuting ham tegishli test sinovlaridan so‘ng musobaqalarning ayollar toifasida qatnashish uchun talab qilinadigan talablarga javob bermagan.
Nima uchun biron bir tashkilot bokschini jiddiy jarohatga olib kelishi mumkin bo‘lgan xavfga duchor qilishini mutlaqo tushunmaymiz. Ring hakamining asosiy vazifasi har doim bokschining xavfsizligini ta’minlashdir. Agar bokschi tegishli mezonlarga javob bermasa, buni qanday qilish mumkin? Biz ayollarimizni va ularning teng huquqli raqiblarga qarshi ringga chiqish huquqlarini himoya qilamiz va ularni barcha holatlarda himoya qilamiz va qo‘llab-quvvatlaymiz.
Ularning umid va orzularini qiyin sharoitlarda to‘g‘ri ish qilishni istamaydigan tashkilotlar hech qachon olib qo‘ymasligi kerak”, deyiladi Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) bayonotida.
Eslatib o‘tamiz, 1/8 final bosqichida Iman Halif Italiya vakili Anjela Karini bilan bahs olib bordi. Jang boshlanganidan 46 soniya o‘tib yakuniga yetdi. Karini qarama-qarshilikni davom ettirishdan bosh tortdi va ko‘z yoshlari bilan ringni tark etdi.
Bugun, 2 avgust kuni o‘zbekistonlik Sitora Turdibekova Lin Yuting bilan jang olib boradi. U ham 2023 yil Hindistonda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida tegishli tekshirishlardan o‘ta olmagani uchun chetlatilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Medvedev: Maxsus harbiy operatsiya uchun qurollarning aksariyati Rossiyada ishlab chiqariladi
AQSHda 10 yoshli bola politsiyaga qo‘ng‘iroq qilib, matematikadan uy vazifasini bajarishda yordam so‘radi
Rossiya Davlat dumasiga rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktablarga kiritishni taqiqlash loyihasi kiritildi
Migren, klaster sefalgiya, zo‘riqish... Bosh og‘rig‘ining necha turi mavjud?
Sayxunobodda qarzdor otadan salkam 75 mln so‘m aliment pullari undirildi
Xonanda Munisa Rizayeva ilk marta ona bo‘ldi
Kipr hukumati rossiyalik va ukrainalik milliarderlarning «oltin» pasportlarini olib qo‘ydi
Eron oliy rahnamosi Netanyaxuni qatl qilishga chaqirdi