Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada bahslarida boks musobaqalari ham davom etmoqda.
-57 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Sitora Turdibekova Xitoy Taypeyi bokschisi, 2 karra jahon chempioni Lin Yu Tinga qarshi ringga ko‘tarildi.
1-raund 4:1 hisobida Xitoy Taypeyi vakilining foydasiga hal bo‘ldi. 2-raundda ham Lin Yu Tin ustunlik qildi. 3-raundda ham vaziyat o‘zgarmadi va Sitora Olimpiadadagi ishtirokini yakunladi.
Sitora bundan oldinga bosqichda kongolik Marselat Sakobi Mats'huni mag‘lub etgandi.
Ma’lumot uchun, Turdibekova 2002 yil 20 may kuni Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida tavallud topgan.
Sitora 2021 yil kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgan. 2022 yil Toshkentda o‘tgan U-22 qit’a birinchiligida bronza, 2023 yil Bangkok mezdonlik qilgan ayni shu toifadagi chempionatda esa kumush medal sohibiga aylangan. Ko‘rsatgan natijalari evaziga “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”