Parij Olimpiadasi dasturidan o‘rin olgan bokschi musobaqalarining eng keskin va murosasiz janglaridan biri 51 kilogramm vazn toifasida Hasanboy Do‘smatov va Saken Bibossinov o‘rtasida bo‘ldi.
Yarim final yo‘llanmasi uchun kechgan boks “el-klassiko”si jahon va olimpiya chempioni Hasanboy Do‘smatovning qiyin g‘alabasi bilan yakunlandi. Boks olamining taniqli ekspertlari bu jangni tahlil qilishda davom etmoqda.
Britaniyalik boks mutaxassisi Teylor O'Xiggins ana shu bahsni tahlil qilib berdi.
- Olimpiadaning eng zo‘r janglaridan birida Hasanboy Do‘smatov 2021 yilgi jahon chempioni va Tokio Olimpiadasi sovrindori Saken Bibossinovni 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu bahsda har ikki jangchi a’lo darajada harakat qildi, ularning saviyasi Parijda ko‘rgan boshqa bokschilardan yuqori ekani namoyon bo‘ldi.
Dastlabki ikki raund bir-biriga o‘xshash bo‘ldi. Bibossinov Do‘smatovning zarbalarini qaytarishga urindi. Lekin o‘zbek bokschisi qarshi hujumlarda muvaffaqiyatga erishdi, u chap qo‘lda jeb zarbalarini aniq yo‘lladi, shuningdek o‘ng qo‘ldagi xuklari ham raqibgacha yetib bordi.
Men birini raundni qozoq bokschisiga, ikkinchisini o‘zbekka berdim. Baribir Do‘smatov jangni yuqori darajada yakunlay oldi. Uning zarbalari aniq va yorqin chiqdi, bu uchinchi raundda yutishga va umumiy hisobda raqibni mag‘lub etishga olib keldi.
Har ikki jangchi jahonda eng zo‘r bokschilardan ekanini isbotladi va men Bibossinovning ushbu ajoyib jangda g‘alaba qozona olmaganiga achinaman.
Do‘smatov murakkab uslublar jangini o‘z foydasiga hal qila oldi va havaskor bokschilar orasida vazn toifasidan qat’i nazar eng zo‘ri ekanini yana bir karra isbotladi.
Bu qiyin jangni boshqargan hakamlar mehnatini ham alohida ta’kidlash lozim. Ular bokschilar bir biriga yaqin turgan, shiddatli kechgan va zarbalar hisobini olib borish o‘ta murakkab bo‘lgan jangni to‘g‘ri baholay oldi.
Dastlabki ikki raundda Bibossinov va Do‘smatov mos ravishda 3:2 hisobida zafar quchdi. Bu raundlar katta raqobatda o‘tdi va natija adolatli hisob-kitob qilindi. Uchinchi raundning hisobi ham aniq bo‘ldi va bu hozirgi Olimpiya o‘yinlaridagi hakamlikda uchrayotgan eng adolatli qarorlardan biridir, - dedi Teylor O'Xiggins.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbek va qozok boks maktablari dunyoda eng kuchlilar qatorida tilga olinadi. Har ikki maktab vakillari xalqaro maydonda, Olimpiya o‘yinlari, qit’a va jahon chempionatlari kabi yuqori nufuzli musobaqalarda o‘zaro raqobatlashib keladi.
51 kilogramm vazn toifasidagi Saken Bibossinov va Hasanboy Do‘smatov o‘rtasidagi o‘zaro raqobat 2021 yildan beri davom etib kelmoqda. Bo‘y-basti va qo‘llari uzun bo‘lgan qozoq bokschisi birinchi jangda tajribali raqibini mag‘lub eta olgan.
Hasanboy esa, 2022 va 2023 yilgi janglarda raqibini dog‘da qoldirishni uddaladi. Bu galgi Olimpiya o‘yinlarida hamyurtimiz o‘zaro hisob-kitobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi. Bibossinov anchadan beri Do‘smatovni yengish yo‘lini topa olmayotgani yana bir bor namoyon bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”