22:44 / 03.08.2024
259

Superliga. Debyut o‘yin, debyut gol va debyut dubl!

Superliga. Debyut o‘yin, debyut gol va debyut dubl!
OKMK Superliga 14-turida "Andijon"ga qarshi maydonga tushib, 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Dastlab, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘lgan mezbonlar darvozasini Kleydi Datsi ishg‘ol qildi. Dastlab, G‘iyosovning pasini golga aylantirgan albaniyalik hujumchi 64-daqiqada ochiq darvozaga to‘pni joylab qo‘ydi. Shu bilan birga, O‘zPFL talqiniga ko‘ra, bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Shu tariqa, Datsi Superligadagi "pochinni ochdi". U yaqindagina OKMK safiga kelib qo‘shilgan bo‘lib, klub bilan bir yarim yillik shartnoma imzoladi.

Datsi o‘tgan mavsumni "Teuta" klubida o‘tkazgan. 25 yoshli strayker jamoasi tarkibida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta golda ishtirok etgandi.

OKMK bu g‘alaba bilan turnir jadvalida "Nasaf" bilan tenglashib oldi. Ikkala klub hisobida ham 26 ochkodan mavjud. "Konchilar"ni keyingi turda "Navbahor"ga qarshi o‘yin kutib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. Debyut o‘yin, debyut gol va debyut dubl!